TOShKENT, 19 apr – Sputnik. O‘zbekistonda barcha qonun hujjatlari antikorrupsion tekshiruvdan o‘tadi, 2021-yilda birinchi navbatda aniqlangan holatlarga oid qonunlar. Bu haqida Adliya vazirligi AOKAda bo‘lib o‘tgan mabuot anjumanida ma’lum qildi.
Amaldagi qonunlarni ekspertizadan o‘tkazish, birinchi navbatda, 2021-yilda aniqlangan korrupsiyaviy omillar asosida, ijtimoiy himoya, moliya va bank, tadbirkorlik, tashqi iqtisodiy faoliyat va bojxona ishi sohalariga oid 1860 ta qonunchilik hujjatlaridan boshlanadi.
Bu haqida Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Vazirlar Mahkamasining 140-sonli qarorida aytib o‘tilgan.
Anjumanda ma’lum bo‘lishicha, Adliya vazirligi tomonidan o‘tgan 2021-yil davomida Adliya vazirligi tomonidan 1820 ta normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilgan va ularning 245 tasida(13%) korrupsion omillar aniqlanib, loyiha ishlab chiqaruvchisiga ularni bartaraf etish belgilangan.
Shu bilan birga o‘tgan 2021 yil davomida ishlab chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarning 708tasi (39%) korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilmagan. Sabab – qonun ishlab chiqaruvchi tomonidan beliglangan tartibda cheklist to‘ldirilmagani.
Shuningdek, 2022-yilning 1 choragida kiritilgan 584 ta loyihadan 163tasida (28%) korrupsiyaviy omillarni aniqlash bo‘ychia cheklist to‘ldirilmagani, 74tasida – krrupsion omillar aniqlanib qayta ishlash uchun yuborilgan.
Aytish joizki, bugungi kunda O‘zbekistonda nafaqat yangi qabul qilinayotgan qonunlar, balkim amaldagi qonunlar ham antikorrupsion tekshiruvdan o‘tishi belgilangan. Xususan, 2021-yilning 23-oktabrida qabul qilingan PQ-5263 sonli prezident qaroriga asosan 2026-yilga qadar respublikada amal qilayotgan jami 21 mingdan ortiq normativ huquqiy hujjatlarni 2026-yilga qadar ekspertizadan o‘tkazish rejalashtirilgan.
Qonun hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishda, nafaqat adliya vazirligi va huquqshunoslar, balkim jamoatchilik vakillari, ilmiy tashkilotlar va mustaqil ekspertlar ham ishtirok etishi belgilangan.