O‘tkir Qodirov Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Qodirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosarligidan ketdi.
Sputnik
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. O‘tkir Qodirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Qodirovning yangi lavozimi, shuningdek, uning o‘rniga kim tayinlanishi haqida aniq ma’lumot berilmagan.
U 2021-yil aprelida Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Ungacha qadar Qishloq xo‘jaligi vazirligi Strategik rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
Shuningdek, u O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, prezident huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida mas’ul lavozimlarda ishlagan.
O‘tkir Qodirov 1984-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini bitirgan.