Firibgarlar prezidentning soxta saytidan fuqarolarni chuv tushirishmoqda

Internetda O‘zbekistonda ishsiz aholiga 650 ming so‘m tarqatiladi degan mavmundagi yolg‘on xabarlar tarqalmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 19-aprel — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda hukumat nomidan “O‘zbekistonda ishsiz aholi 650 ming so‘m miqdorida qo‘llab-quvvatlanishiga oid qaror qabul qilindi” degan mazmundagi xabar tarqalmoqda. Bu xabar prezidentning soxta saytida joylashtirilgan. Moliya vazirligi bu xabar yolg‘on ekanini ma’lum qildi.
Vazirlik tekshirilmagan va yolg‘on xabarlardan ehtiyot bo‘lishni so‘ragan.
“Barcha qiziqtirgan savollarga @MoliyaPress telegram manzili hamda 71 2391570 raqamlar orqali aniqlik kiritishingiz mumkin”, - deyiladi xabarda.
Qayd etish joizki, so‘nggi paytlarda aholiga pul ajratilishi haqidagi yolg‘on xabarlar ko‘paygan va ayrimlar buning qurboni bo‘lishmoqda. Mart oyi o‘rtalarida ham “bolalari bor har bir oilaga 650 ming so‘mdan budjetdan pul ajratilishi” aytilgan feyk xabar tarqalgan edi. U ham prezidentning soxta sayti orqali tarqatilgan edi. Fuqarolardan bu kabi firibgarlardan ogoh bo‘lishlari zarur. Chunki firibgarlar soxta saytga kiritilgan plastik karta ma’lumotlari orqali pullarni yechib olishlari mumkin.