TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Rossiyaning Moliyaviy xabarlarni uzatish tizimiga (SPFS, SWIFT muqobili) 12 ta mamlakatdan bo‘lgan 52 ta xorijiy tashkilot ulandi. Bu haqda Rossiya Markaziy banki raisi Elvira Nabiullina ma’lum qildi.
“Hozir 12 ta mamlakatdan bo‘lgan 52 ta xorijiy tashkilot SPFS foydalanuvchilari”, - dedi u Davlat dumasidagi chiqishi davomida.
Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilishga qaratilgan maxsus operatsiya boshlaganidan keyin Yevropa Ittifoqi Rossiyaning yettita yirik bankini SWIFT᾽dan uzib qo‘ydi: VTB, "Rossiya", "Otkritie", Novikombank, Promsvazbank, Sovkombank va VEB.RF.
SWIFT (Society for Worldwide Interbank Financial Telecommunication) – banklararo ma’lumot almashish va to‘lovlarni amalga oshirish tizimi bo‘lib, unga dunyoning deyarli barcha mamlakatlaridagi 11 mingdan ortiq yirik tashkilotlar ulangan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya bozorini milliy valyutalardagi hisob-kitobga o‘tkazishni tayyorlashga oid topshiriq bergan. Qolaversa, Rossiya bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Andrey Belousov Rossiya hamkorlari bilan milliy valyuta asosida hisob-kitob qilish tizimini yaratish xususida muzokaralar olib borayotganini ma’lum qilgan.