Putin Rossiya tashqi savdosini rublga o‘tkazishni tezlashtirishni topshirdi

Rossiya prezidenti sanksiyalar tufayli qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlarga maksimal ko‘maklashishga chaqirdi.
Sputnik
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Moskva tashqi savdo hisob-kitoblarini rubl va ishonchli hamkor mamlakatlar milliy valyutalariga o‘tkazishni tezlashtirishi lozim. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Putin do‘st bo‘lmagan mamlakatlarning Rossiyaga qarshi kiritgan cheklovlari mahalliy biznes imkoniyatiga ta’sir qilgani, eksport va import logistikasini qiyinlashtirgani, hisob-kitob olib borishda to‘siqlarni yuzaga keltirganini ta’kidladi. Shu bois Rossiya rahbari bu muammolarni hal etishda tadbirkorlarga yordam maksimal darajada ko‘maklashish zarurligini aytdi.
“Jumladan, tashqi savdoni rubl va ishonchi biznes hamkor mamlakatlar milliy valyutalariga o‘tkazish zarur. Ta’kidlaymanki, yangi, o‘zgargan shart-sharoitlarda biz o‘ta yuqori sur’atlarga oldinga siljishimiz shart”, - dedi Putin.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 14-aprel kuni Rossiya bozorini milliy valyutalardagi hisob-kitobga o‘tkazishni tayyorlashga oid topshiriq bergan edi. O‘shanda u ishonchsiz valyutalardan voz kechish bu Rossiya iqtisodiy xavfsizligi nuqtayi nazaridan strategik vazifa ekanini ta’kidlagan edi.