Poytaxt hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi

Toshkent hokimligi kuchli shamol va yomg‘ir yog‘ishidan ogohlantirdi
Sputnik
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Toshkent shahrida kuchli shamol va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan poytaxt hokimligi fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi.
Ta’kidlanishicha, shamol daraxtlar va shoxlarni sindirishi, mustahkam o‘rnatilmagan konstruksiyalarni o‘rnidan qo‘zg‘atishi mumkin. Bundan ular ostidagi odamlar va avtotransport vositalari zarar ko‘rishi mumkin.
“Sizdan kuchli shamol kuzatilganida ko‘chada harakatlanmaslikni, avtomobillarni daraxtlar va boshqa turli mustahkam bo‘lmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishni so‘raymiz”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet 18 va 19-aprelda ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatilishidan ogohlantirgan edi.