TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Markaziy bank (MB) jismoniy shaxslar 2022-yil yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga yuborgan mablag‘lari to‘g‘risida ma’lumotlarni ochiqladi.
Yanvar-mart oylarida xorijdan O‘zbekistonga 1,47 milliard dollar miqdorida pul mablag‘lari yuborilgan. Bu esa 2021-yilning xuddi shu davriga nisbatan 3 foizga yoki 49 million dollarga ko‘proq.
MB jismoniy shaxslar uchun chet eldan xalqaro pul o‘tkazmasi orqali kelib tushgan pul mablag‘larini o‘z xohishlariga ko‘ra, chet el valyutasida yoki milliy valyutada olish imkoniyati yaratilgani eslatgan.