Bu qiziq

Ovozdan saraton kasalligini aniqlash mumkinligi ma’lum bo‘ldi

Daily Express: ovozdagi o‘zgarishlar og‘iz bo‘shlig‘i saratonining belgisi bo‘lishi mumkin.
Sputnik
Turli belgilarga qarab saraton kasalligini aniqlash mumkin. Bunda ovoz o‘zgarishiga ham e’tiborli bo‘lishi kerak, deb yozadi Daily Express Angliya sog‘liqni saqlash milliy xizmati (NHS)xabariga tayanib.
Mutaxassislarning ogohlantirishicha, og‘iz bo‘shlig‘i saratoni yuzning ichki qismida, lablarda yoki milklarda paydo bo‘lishi mumkin.
Alomatlar orasida ovoz o‘zgarishidan tashqari yutishning qiyishlashishi, kutilmaganda vazn yo‘qotish, og‘izdan qon kelishi yoki qurib qolishi, tishlar liqillashi, jag‘ni qimirlatishda qiyinchiliklar, shuningdek, shilliq qavatda qizil va oq dog‘lar ham kasallik haqida darak bo‘lishi ehtimoli bor.
Ammo mutaxassislar ushbu alomatlar paydo bo‘lganda vahima qilmaslikni tavsiya qilgan. Chunki ular boshqa kasalliklar belgisi bo‘lishi mumkin. Ammo nima bo‘lishidan qatiy nazar, mutaxassisga murojaat qilish lozim.