TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 2022-yilning mart oyida haydovchilikka tayyorlash bo‘yicha kurslar narxlari fevral oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 13,3 foizga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Haydovchilikka tayyorlash bo‘yicha kurslar narxlari yil boshidan buyon esa o‘rtacha 13,9 foizga qimmatlashgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan, ya’ni bir yilda o‘rtacha 15,2 foizga qimmatlashgani kuzatilgan.
Avvalroq haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon topshirish bo‘yicha Toshkent shahridagi yagona markaz 1-apreldan nazariy va amaliy test sinovlaridan o‘tish narxini 50 foizga oshirishi xabar qilingan edi.