TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 19-aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Dollarning rasmiy kursi 21,40 so‘mga pastlab, 11 278,02 so‘mni tashkil qilgan. Yevro 46,82 so‘mga esa arzonlashib, 12 172,37 so‘m bo‘lgan. Rubl 1,68 so‘mga qimmatlashib, 142,09 so‘mni tashkil etgan.
O‘tgan hafta oxirida dollarning rasmiy kursi 20,58 so‘mga pastlab, so‘nggi bir oy ichida ilk bor 11 300 so‘mdan pastga (11 299,42 so‘m) tushgan edi.