TOShKENT, 18 apr – Sputnik. AQShda aksariyat amerikalik yoshlar endi amaldagi prezident Jozef Baydenni qo‘llab-quvvatlamaydi. Bu haqda Gellap instituti tadqiqotiga tayanib, SNN xabar bermoqda.
"Hokimiyat boshiga kelgan vaqtida "Z-avlod" vakillari (1981-1996 yillarda tug‘ilganlar) orasida prezidentni qo‘llab-quvvatlaydiganlar har 10kishidan 6tasi bo‘lgan bo‘lsa, 2022 yining mart oyida ushbu ko‘rsatgich 39%gacha pasayib ketdi", - deyilgan tahlilda.
Aytish joizki, prezident saylovi vaqtida yosh avlod vakillari unga 60% ovozni ta’minlagan edi. Baydenning reytingi 21%ga tushib ketishi - demokratlar uchun jiddiy muammo.
"Y-avlod" (1981-1996 yillarda tug‘ilganlar) vakillari orasida ham prezidentni qo‘llab-quvvatlaydiganlar 60%dan 41%gacha qulagan.
Shu bilan birga "Beybi-bumerlar" avlodi (1946 - 1964-yillarda tug‘ilganlar) orasida prezident reytingi atigi 7%ga pasaygan.
Xullas, prezident Baydenni hozirgi kunda faqat uning tengdoshlari "an’anaviychilar" - 1928 - 1945-yillarda tug‘ilganlar qo‘llab quvvatlamoqda. Ushbu avlod vakillari orasida uning reytingi qulamagan.
Mutaxassislarning fikricha, yosh amerikaliklar Baydendan koronavirus pandemiyasini tezroq tugatishiga katta umid qilishgan edi. O‘tgan yilning yozida kasallanishning kuchayishi - vaziyatni o‘zgartirdi. Mart oyida NBC News o‘tkazgan so‘rov amerikaliklarning 53 % AQSh oxir-oqibat dunyodagi etakchi mavqeyini yo‘qotishiga ishonishini ko‘rsatadi. Ukraina atrofidagi masalalarda Baydenning to‘g‘ri qaror qabul qilishiga - atigi 12 % aholi ishonch bildirgan.