TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Ko‘plab mamlakatlar G‘arb izidan bormadi va Rossiyaga qarshi sanksiya kiritmadi. Bu dunyoda ikkiga ajralishni keltirib chiqardi. Ehtimol, bu Moskvaga cheklov choralarini chetlab o‘tishga yordam bera oladi. Bu haqda Amerikaning “The Wall Street Journal” gazetasi yozmoqda.
Ma’lum qilinishicha, G‘arb mamlakatlari yetakchilari Rossiyani yakkalab qo‘yish uchun global ittifoqni tuzishga urinishmoqda, ammo ularga Hindiston, Braziliya va Janubiy Afrika Respublikasi kabi rivojlanayotgan yirik mamlakatlar xalaqit berishmoqda.
“Bu ikkiga ajralish Rossiyaga G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tish uchun imkoniyatlar beradi va Moskvaga uni butun dunyoda qo‘llab-quvvatlashlari haqida gapirishiga imkon beradi”, - deyiladi maqolada.
Maqola mualliflari Saudiya Arabistoni ham, Xitoy ham Rossiyani Donbassni himoya qilishga qaratilgan maxsus operatsiyani o‘tkazganlik uchun qoralashmaganini ta’kidlashgan.
“Xitoy Rossiyani AQSh va uning G‘arb ittifoqchilariga qarshi kurashda o‘zining ittifoqchisi deb biladi. Ikki qo‘shni Shtatlar tomonidan rahbarlik qilinayotgan dunyo tartibini barbod qilishga va Pekin va Moskva o‘z mintaqalarini nazorat qilishga qo‘llaridan kelgan ishni qilishga harakat qilmoqda”, - deyilgan xabarda.