Toshkent va Bishkek o‘rtasidagi avtobus qatnovlari qayta tiklandi

Avtobuslar Toshkent avtovokzalidan jo‘naydi. Reyslar har kuni ikki marta amalga oshiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. 2022 yil 15-apreldan boshlab Toshkentdan Bishkekka xalqaro avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar beradi "Tashtrans.uz".
Yo‘nalishlar jadvali "Toshkent" avtovokzalining saytida keltirilgan. Reyslar har kuni ikki marta amalga oshiriladi — soat 18:00 va 19:00 da.
Toshkent — Bishkek yo‘nalishining uzunligi 601 km, yo‘lga ketadigan vaqt 12 soat 40 daqiqani tashkil etadi.
Avtobuslar Toshkent avtovokzalidan (Olmazor metro bekati) jo‘naydi. Chipta narxi 250 ming so‘m, uni avtovokzal kassalaridan xarid qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent—Bishkek xalqaro avtobus reysi 2020-yilda koronavirus pandemiyasi sabab to‘xtatilgan edi.

Mavzuga oid:

O‘zbekiston va Qozog‘iston 12-apreldan avtobus qatnovini yo‘lga qo‘ymoqda: jadval va narxlar
Qo‘qon va Xo‘jandni avtobus qatnovi bog‘ladi
Toshkent – Xo‘jand xalqaro avtobus qatnovlari qayta tiklandi