Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari Mariupoldagi masjidda garovda ushlab turilganlarni ozod qilishdi

Masjidda ukrainalik millatchilar tomonidan garovda ushlab turilgan MDH mamlakatlaridan birining fuqarolari ozod qilingan va xavfsiz joyga olib o‘tilgan.
Sputnik
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Rossiya maxsus xizmati Mariupoldagi turk masjidida ukrainalik millatchilar tomonidan garovda ushlab turilganlarni ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, operatsiya Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning murojaatiga binoan 16-aprel kuni Primorsk tumanidagi turk masjidida o‘tkazilgan.
Konashenkovning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya davomida masjid qamaldan ozod qilingan, 29 nafar ukrainalik jangari, jumladan, xorijlik yollanmalar yo‘q qilingan.
“Garovda ushlab turilganlar, MDH mamlakatlaridan birining fuqarolari, ozod qilindi va xavfsiz joyga olib o‘tildi”, - dedi Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili.
Rossiya QK Mariupoldagi millatchilarga qurollarini topshirishni taklif qildi