TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning Rossiya G‘arbga qarshi hozirgi qarama-qarshilikka dosh bera olishiga ishonchi komil. Bu haqda u “Rossiya-1” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Biz uddalaymiz”, - deya javob berdi Kreml vakili jurnalistning Rossiya, SSSRdan farqli o‘laroq, G‘arbga qarshi ziddiyatga dosh bera oladimi degan savoliga.
Avvalroq Rossiya rahbari Vladimir Putin yevropalik va amerikalik siyosatchilarning Rossiyaga qarshi yangi cheklovlari G‘arbda misli ko‘rilmagan inqirozni keltirib chiqarganini aytgan edi.