TOShKENT, 17 apr — Sputnik. O‘zbekiston professional boks federatsiyasining 16-aprel kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari konferensiyasida federatsiya Ijroiya qo‘mitasining yangi tarkibi tasdiqlandi.
O‘zA xabariga ko‘ra, Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) bosh kotibi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Umid Yakubov O‘zbekiston professional boks federatsiyasi prezidenti etib saylangan.
Tadbirkor va sobiq Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) rahbari G‘ofur Rahimov federatsiyaning birinchi vitse-prezident lavozimiga saylangan. Ziyovuddin Xojiniyozov federatsiya vitse-prezidenti bo‘lgan.
G‘ofur Rahimov 2018-yilning noyabridan 2019-yilning iyuliga qadar Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) rahbari sifatida faoliyat yuritgan.