TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Ukrainaning Berlindagi elchisi Andrey Melnik Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerni obro‘sizlantirish maqsadida fitna nazariyasini tarqatmoqda. Bu haqda Germaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel “Spiegel” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Ukrainaning Germaniyadagi elchisi Andrey Melnikning prezident Frank-Valter Shtaynmayer bugungi hukumatga ta’siri bo‘lgan go‘yoki “10 yillar davomida Rossiya bilan aloqalar rishtalarini yaratgani” haqidagi gaplari fitna nazariyasining eng xavfli variantidir”, - deyiladi xabarda.
Gabrielning fikricha, bu bayonotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va yomon niyat bilan aytilgan gaplar.
U Rossiya bilan munosabatlar kelajagi haqida o‘ylash zarurligini ta’kidlagan, zero bir kun kelib Ukrainadagi mojaro barham topadi.
Avvalroq “Bild” gazetasi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy germaniyalik hamkasbi Shtaynmayerni uning Rossiyaga nisbatan siyosati tufayli Kiyevda qabul qilishdan bosh tortgani haqida xabar qilgan edi. Germaniyada Zelenskiyning qarori tushunmovchilikni keltirib chiqardi va siyosatchilarning keskin tanqidiga sabab bo‘ldi. Shtaynmayerning o‘zi Kiyev uni qabul qilishdan bosh tortganini tasdiqladi.