TOShKENT, 16 apr — Sputnik. 15 aprel kuni soat 17:22da A-373 “M-39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali – O‘sh” avtomobil yo‘lining 196 kmda, “Toshkent–Vodiy” yo‘nalishda harakatlangan, Qirg‘iziston Respublikasiga qarashli ChAKMAN rusumli yuk avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilib, qarama-qarshi yo‘nalishning bir qismiga yonboshlab qoldi. Bu haqda FVV xabar qildi.
Avtomashina sisternasida propan suyultirilgan gaz bo‘lgan, haydovchi (avtomashinada xaydovchining o‘zi bo‘lgan) Qirg‘iziston fuqarosi voqea joyida vafot etdi.
Qutqaruvchilar maxsus texnikalar yordamida hodisa oqibatlarini bartaraf etdi.