Federal xavfsizlik xizmati xodimlari Kaluga viloyatida terror tashkilotining 4 nafar a’zosini qo‘lga olishdi.
Ular "Xayat Tahrir ash-Shom"* (avvalgi "Jebhat an-Nusra"*) g‘oyalari tarafdorlari bo‘lishgan.
Kuchishlatar idoraning ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlardan biri “xorijiy emissarlar ko‘rsatmasi bilan” mintaqadagi harbiy obyektlarda terakt uyushtirishni rejalashtirgan.
Qo‘lbola portlovchi qurilmaning tarkibiy va butlovchi qismlari olib qo‘yildi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti