TOShKENT, 15 apr - Sputnik. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi “Toshkent metropoliteni”DUKka jetonlarni sotib olish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2022-yilning yanvar oyida Agentlikka Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi V.D.Krasnov tomonidan 20 donadan ortiq xarid qilgan jetoni qolib ketgani va undan foydalanishga ulgurmagani bo‘yicha murojaat qiladi. “Toshkent metropoliteni” DUKka sotib olingan metro jetonlari evaziga pulni qaytarish bo‘yicha so‘rovlar yuborilganiga qaramay, oradan bir necha oy o‘tsa hamki, masala hal etilmaydi.
Agentlik o‘z vakolati doirasida 2022-yilning 16-martidapul mablag‘larini iste’molchiga qaytarish yoki o‘rniga QR-kodli chiptalar ko‘rinishida metropolitenda harakatlanish uchun amaldagi to‘lov shakllarini yoki yagona transport kartalarini joriy yilning 15-aprelidan boshlab taqdim etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqni chiqardi.
Eslatib o‘tamiz, metro kassalarida jetonlar savdosi 2020-yil 1-noyabrida yo‘l haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishi munosabati bilan to‘xtatilgan edi. Biroq keyinchalik jetonlardan foydalanish 2020-yil 31-dekabrgacha, so‘ng 2021-yilning 1-dekabrigacha bo‘lgan muddatlarga ruxsat berildi.