Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya hududiga hujumlar davom etsa Kiyevga raketa zarbalari kuchaytiriladi

Mudofaa vazirligi Rossiyaga hujumlar sodir etilgan taqdirda Kiyevdagi obyektlarga javob zarbalari berilishi haqida ogohlantirdi.
Sputnik
TOShKENT, 15 apr - Sputnik. Rossiya Ukraina xavfsizlik kuchlarining provokatsiyalariga Kiyevdagi yangi nishonlarga raketa zarbalari bilan javob qaytaradi, dedi Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov.
“Rossiya hududida terroristik xarakterdagi har qanday hujumlar yoki qo‘poruvchilik harakatlariga javoban Kiyevdagi nishonlarga berilgan raketa zarbalarining soni va ko‘lami Kiyev millatchi rejimining ortadi”, — dedi u.
Agentlikning qayd etishicha, bugun tunda "Kalibr" dengiz raketasi Ukraina poytaxti chekkasidagi “Julyanskiy vizar” mashinasozlik zavodiga zarba bergan. Zarba zenit-raketa komplekslarini ishlab chiqarish va ta’mirlash sexlarini vayron qildi.
Turli hududlarda jami 13 ta harbiy obyektga zarba berildi. Bundan tashqari, Rossiyaning S-400 havo mudofaa tizimi Chernigov yaqinida Mi-8 vertolotini urib tushirdi, agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, u 14-aprel kuni Bransk viloyatining Klimovo qishlog‘ida hujum uyushtirgan.
Undan tashqari Xarkov viloyatining Lozovaya qishlog‘i yaqinida Su-27 qiruvchi samolyoti ham urib tushirilgan.
Jami o‘tgan sutka davomida Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh hududlarida to‘rt marotaba o‘qqa tutilgan. Undan oldin Belgorodning Juravlevka va Spodarushino qishloqlari Ukraina tomonidan o‘qqa tutildi. Gubernator Vacheslav Gladkovning so‘zlariga ko‘ra, viloyatda jami 100ga yaqin aholi uylari shikastlangan, mahalliy aholi yengil jarohatlangan.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan bezorilik va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.

Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qo‘shinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yo‘q. Operatsiyaning birinchi bosqichi 25-martda yakunlandi - Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada pasaytirdi.