TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Adliya vazirligi O‘zbekiston futbol hakamlari markazini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Hujjatni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Odil Ahmedov qabul qilib oldi. Bu haqida Adliya vaziri matbuot kotibi xabar bermoqda.
Futbol hakamlari markazning asosiy maqsadlari:
O‘zbekiston hududida futbol musobaqalarini boshqaruvchi hakamlar va nazoratchilar faoliyatini muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi. Bunda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Professional futbol ligasi, futbol klublariga va boshqa tashkilotlarga yordam ko‘rsatiladi.
Hakamlar va nazoratchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek ularni tashkiliy-boshqaruv faoliyatiga ko‘maklashiladi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma’lum qilishicha, ushbu markaz O‘zbekistonda futbol, ayollar futboli, mini futbol, sohil futboli, turli yosh toifasidagi bolalar va o‘smirlar futboli musobaqalarini boshqaruvchi hakamlar faoliyatini muvofiqlashtiriradi.
Ma’lumot uchun, fevral oyida PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev o‘zining telegramdagi rasmiy sahifasida O‘zbekiston futbol hakamlari markazini tashkil etish taklifi ma’qullanganligi haqida yozgan edi.
Xabarda aytilishicha, bosqichma-bosqich barcha futbol musobaqalariga hakamlarni jalb qilish mana shu markaz orqali amalga oshiriladi.