“UzAirways” Ramazon hayiti munosabati bilan chiptalarni 50 foizga arzon qiladi

2-4 may kunlari mahalliy reyslar uchun chiptalarni 50 foiz chegirma bilan sotib olish mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan chegirma e’lon qiladi. Bu haqda aviakompaniya xabar bermoqda.
2 maydan 4-maygacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlar uchun chiptalarni 50 foizlik chegirma bilan xarid qilish mumkin.
Aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy saytida, "Uzbekistan Airways Sales" filialida va aviakompaniyaning agentlaridan xarid qilish mumkinligi eslatilgan.
Eslatib o‘tamiz, kompaniya Navro‘z bayrami munosabati bilan ham mahalliy reyslar uchun 50 foizlik chegirmalar e’lon qilgan edi.