Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukrainadagi biologik laboratoriyalarning g‘arbiy kuratorlari ma’lum bo‘ldi

Ukraina ilmiy texnik markazi 2014-yildan buyon Ukraina, Gruziya, Moldova va Ozarbayjonda Pentagon manfaati uchun 500 dan ortiq loyihalarni amalga oshirgan.
Sputnik
TOShKENT, 14 apr - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainda hududida AQSh harbiy biologik dasturi manfaatlarini ko‘zlab tadqiqot olib borgan, Ukraina ilmiy-texnologik markazi (UITM) amerikalik va yevropalik xodimlarining ismlaridan xabardor bo‘ldi, dedi Rossiyaning Radiatsion, kimoviy va biologik himoya qo‘shinlari (RKBQ) rahbari Igor Kirillov.
Kertis Belayach - AQSh fuqarosi, UITM ijrochi direktori. U 1968-yil 27-avgustda Kaliforniyada tug‘ilgan, Kaliforniyaning Anderson universitetida tahsil olgan. Xalqaro moliya bo‘yicha magistr darajasiga ega va 1994-yildan buyon Ukrainada ishlab kelmoqda.
Eddi Artur Mayer - UITMning Yevropa Ittifoqi tomonidan boshqaruv raisi.
Fil Dolliff - Amerika Qo‘shma Shtatlari nomidan UITMning boshqaruv raisi. Bir vaqtning o‘zida u AQSh Davlat Departamentida xalqaro xavfsizlik va Ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik dasturlari bo‘yicha maslahatchi o‘rinbosari.
Rossiya Mudofaa vazirligi ixtiyorida bo‘lgan hujjatlariga ko‘ra, Ukraina ilmiy-texnik markazi (UITM) "Black & Veatch" kompaniyasi orqali Pentagon bilan aloqada bo‘lgan. Ushbu kompaniya Pentagonning asosiy ta’minlovchilardan biri hisoblanadi.
Moskva aytishiga ko‘ra, uning ixtiyorida "Black & Veatch" kompaniyasi vitse-prezidenti Metyu Uebberning yozishmalari bor. Ularda kompaniya Ukrainada harbiy biologik tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha UITM bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildiradi.
Ukraina ilmiy-texnologik markazi (UITM) 1993-yilda Ukraina, Kanada, AQSh va Shvetsiya hukumatlari ishtirokida hukumatlararo muassasa sifatida tashkil qilingan. Nizomiga muvofiq halqaro tashkilot bo‘lgan va bir qarashda Pentagonga hech qanday aloqasi yo‘qdek ko‘rinadi.
Aslida esa ushbu markaz, Pentagonni qiziqtiruvchi izlanishlar o‘tkazish bo‘yicha grantlarni taqsimlash bilan shug‘ullangan, jumladan biologik qurollar bo‘yicha ham, - deydi Rossiya Mudofaa vazirligining Kimoviy va biologik xavflarni aniqlash bo‘yicha ekspertlik markazi.
Xususan, UITM 2014-yildan buyon Ukraina, Gruziya, Moldova va Ozarbayjonda 500 dan ortiq loyihalarni amalga oshirgan va AQShdan 350 million dollardan ortiq mablag‘ olgan.
Ushbu lyiha va izlanishlarning buyurtmachisi AQSh Davlat Departamenti va Pentagon bo‘lgan. Moliyalashtirish esa AQShning Atrom muhitni himoya qilish agentligi, Qishloq xo‘jalik vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Energetika vazirligi bo‘lgan.
"Amerikalik kuratorlarni birinchi navbatda "ikki maqsadli" tadqiqotlar qiziqtirgan. Masalan, 6166-loyihasi - "Ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatish tahdidlari ta’sirini modellashtirish, baholash va bashorat qilish texnologiyalarini ishlab chiqish", 9601-loyiha - "Murakkab materiallar tayyorlash bo‘yicha Ukraina texnologiyalarini Yevropa Ittifoqiga yetkazib berish", - dedi Kirillov.
Uning aniqlik kiritishicha, aksariyat tadqiqotlar biologik qurollarning potensial agentlari va parranda grippi va Afrika cho‘chqa isitmasi kabi iqtisodiy ahamiyatga ega infeksiyalar patogenlarini o‘rganishga bag‘ishlangan.
R-364, 444 va 781 loyihalari - hasharotlar, yovvoyi qushlar va ko‘rshapalaklar orqali xavfli infeksiyalar patogenlarining tarqalishini o‘rganishga qaratilgan. Ushbu loyihalar AQSh harbiy departamenti manfaatlarida moliyalashtirilgan.
Ukraina biolaboratoriyalari

Ma’lumot uchun, Pentagon Ukrainadagi harbiy biologik dasturi uchun $ 200 mln. dan ortiq mablag‘ sarflagan, xususan, vabo va kuydirgi patogenlari bilan shug‘ullanadigan biologik laboratoriyalar ishiga yuz million dollardan ortiq mablag‘ sarfladi. Ular butun mamlakat hududida 30ta biologik laboratoriyalar qurgan.

Rossiya maxsus operatsiyasi boshlangandan so‘ng, biologik qurollar dasturi bilan bog‘liq barcha ma’lumolar, xavfli virus patogenlari yo‘q qilindi yoki Ukrainadan olib ketildi. Shunday bo‘lsada Rossiya Mudofaa vazirligi ushbu laboratoriyalar borasida ko‘plab ma’lmuotlarni qo‘lga kiritdi.