Bu qiziq

Stressni qanday oziq-ovqatlar bilan yengish mumkin?

Pektin – yuqori molekulali polisaxarid bo‘lib, asosan sitrus mevalari, olma, tarvuzdan olinadi.
Sputnik
Oziq-ovqatlar nafaqat insonning oqsil, uglevod va yog‘larga ehtiyojini qondiradi, balki miya uchun huzur bag‘ishlaydi. Organizmning aynan shu xususiyati tufayli tushkunlik vaqtida odamlar keragidan ko‘p oziq-ovqat iste’mol qiladi.
Shifokor-psixoterapevt Sergey Oblojko qanday mahsulotlar bilan stressni zararsiz yengish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Bu haqida Sputnik radiosi ma’lum qildi.
“Taxminan 20-30% ortiqcha vaznga ega insonlar stressni ko‘p ovqat iste’mol qilib yengishga harakat qiladi. Gap shundaki, ovqat bu faqat vitaminlarga ehtiyoj emas, balki miya uchun huzurdir. Aslida juda ko‘p vaziyatlarda odamlar qorin ochiqqani uchun emas, kayfiyatini ko‘tarish uchun iste’mol qiladi. Afsuski, miya yog‘li, shakarli, glutamat yoki tuzli mahsulotlarni yaxshi ko‘radi. Shu sababli tushkun kayfiyatda bo‘lganimizda aynan shunday mahsulotlarni iste’mol qilish xohishi kuchayadi”, - deydi Sergey Oblojko.
Miyaning ehtiyojini qondirish, shu bilan birga ortiqcha vazn yig‘masdan stressni yengish uchun shifokor pektin sharbatini ichishni tavsiya qildi.
Pektin – yuqori molekulali polisaxarid bo‘lib, asosan sitrus mevalari, olma, tarvuzdan olinadi. Pektin moddalari oziq-ovqat sanoatida murabbo, jele, meva konservantlarini tayyorlashda ishlatiladi.