TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasi akusherlik kompleksida yetti kilolik chaqaloq tug‘ildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Chaqaloq kesarcha kesish amaliyoti orqali olindi. Onaning va chaqaloqning sog‘lig‘i yaxshi” , – deydi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Sanat Qodirov.
Ta’kidlanishicha, u tug‘ruq bo‘limida tug‘ilgan eng vazni katta chaqaloq. Bolaning onasi 24 yoshli ayol. Bu uning ikkinchi farzandi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 35,4 mln kishini tashkil etmoqda. Aholi soni har kuni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.