Rossiyani mag‘lub etishning iloji yo‘q, ammo mag‘lubiyatimizga erishishning yagona yo‘li bor. Iqtisodiy bo‘g‘ish tashqi tomondan shunday kuchga kirganki, u iqtisodiyotning qulashiga, sarosimaga va hokimiyatning o‘zgarishiga, ya’ni kapitulyatsiyaga olib keldi. G‘arbda bu uchun pul tikishayotganini endi yashirishmayapti, lekin biz hamma narsani o‘z nomi bilan ataymiz. Gap Ukrainadagi janglarni to‘xtatishga qaratilgan sanksiyalar haqida emas. Bizga qarshi ko‘rilayotgan choralarni aslida shunday bo‘lishi kerak bo‘lgan tadbir, ya’ni– mamlakatimizni mag‘lub etishga qaratilgan blokada deb ataymiz.
Chorshanba kuni Federatsiya Kengashida so‘zga chiqqan Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Andrey Belousov shunday dedi: “Bizning geosiyosiy raqiblarimizning g‘oyasi Rossiyani jahon iqtisodiyotidan imkon qadar ajratib qo‘yishdir. Undan tom ma’noda jahon iqtisodiy aloqalaridan tortib olish. Shunday qilib iqtisodiy tizimimizning tanazzul va parchalanish jarayonlarini boshlash. Sxematik ravishda to‘rtta halqadan iborat bo‘lgan Rossiyaning global blokadasini tashkil etishga harakat qilishdi”.
Belousov ushbu to‘rtta halqani – moliyaviy, savdo, transport va gumanitar tomonlardan bo‘g‘ish deya tavsifladi.
“Moliya bozorlariga kirishni to‘sib qo‘yish va moliyaviy hisob-qitoblarni to‘xtatish, Rossiyaning muhim tizimli banklarini qonundan tashqariga chiqarish, tashqi savdo aloqalarini uzish, eksport salohiyatini maksimal zaiflashtirish, Rossiyani muhim tovarlar va xizmatlar importi manbalaridan uzish, eng muhim transport kommunikatsiyalarini to‘sib qo‘yish, odamlar o‘rtasida aloqalarni uzish, ilmiy, madaniy va ma’rifiy sohalardagi munosabatlarni butunlay to‘xtatish”.
Hammasi shunday. Biroq, G‘arb eng muhimini hisobga olmayapti. U dunyo o‘zgarganini va endi anglo-sakson globalistlari tomonidan nazorat qilinmayotganini unutib qo‘ygan. “Butunlay blokadani yaratish- dunyoning oltinchi eng yirik iqtisodiyotini global iqtisodiy tizimdan yakkalab qo‘yish- mumkin emas”,- deydi vitse-premyer. Va so‘nggi bir yarim oy davomida bo‘lib o‘tgan voqealar buni tasdiqlashini ta’kidlab o‘tdi.
Darhaqiqat, Vladimir Putin seshanba kuni aytganidek: “Bizning yaxshi niyatda bo‘lmagan do‘stlarimiz umid qilgan bliskrig sodir bo‘lmadi”, iqtisodiyot bardosh qildi:
“Bugungi dunyo Sovuq urush davriga qaraganda murakkabroq. Sovuq urushda ikkita blok bo‘lgan va hamma narsa “kokom” ro‘yxati bilan qoplangan. Bugun dunyo esa murakkabroq va mana shu murakkab dunyoda bitta mamlakat o‘z hukmronligini to‘liq saqlab qololmaydi <...> Hech kim hamma oynalar va eshiklarni berkitib qo‘ya olmaydi. Zamonaviy dunyoda hech kimni qat’iy izolyatsiya qilish mumkin emas. Rossiyadek yirik mamlakatni esa umuman. Shuning uchun biz o‘zaro hamkorlikni qilishni istagan sheriklarimiz bilan ishlaymiz”.
Blokada maksimal to‘liq bo‘lganda, mamlakatlarni ko‘pgina savdo sheriklaridan ajratib qo‘ysagina mantiqli bo‘ladi. Yaqin tarixda Iroqqa nisbatan 90- yillarda eng qattiq blokada va unga qarshi BMT, ya’ni umumjahon sanksiyalari qo‘llanilgan. Xuddi shunday ishlar Shimoliy Koreyada ham bo‘lgan. Ammo ikki holatda ham mamlakatlar sanksiyalarni chetlash yo‘llarini topdi. Iroq, garchi odatiy turmush darajasida ko‘p narsani yo‘qotgan bo‘lsada, qulamadi, unda hatto hokimiyat almashinuvi ham sodir bo‘lmadi- bu uchun 2003-yilda Amerikaning mutlaqo noqonuniy aralashuvi kerak bo‘ldi. Shimoliy Koreya uzoq vaqtdan beri yopiq va deyarli (juda kamtarona bo‘lsa ham) to‘liq o‘zini o‘zi ta’minlaydigan mamlakat bo‘lgan. Ammo so‘nggi yillarda uni yashirincha va unchalik yaxshi bo‘lmasada, Xitoy qo‘llab-quvvatlayapti.
Rossiyaga kelsak, gap umumjahon emas, balki G‘arb haqida, shunda ham unchalik to‘liq, umumiy bo‘lmagan sanksiyalari haqida ketmoqda. To‘g‘ri, G‘arb bizning valyuta aktivlarimizning uchdan ikki qismini bloklagan, biroq Yevropa Rossiya energota’minotidan ham voz kecha olmaydi. Ya’ni maksimum birlashgan G‘arb bizni yuqori texnologiyalardan uzib qo‘ya qolishi (ularni eksport qilishni taqiqlash), transport kompaniyalari va ularning sug‘urtalovchilariga sanksiyalar bilan tahdid qilish orqali dunyoning qolgan qismi bilan tashqi savdoni murakkablashtirishga urinishi mumkin. Qolgan hammasi- tagi puch dahmazalar xolos.
Rossiya nefti, ko‘mir va gazini sotib olishdan voz kechishsa, uni boshqa mamlakatlar sotib oladi. Boshqa asosiy eksport tovarlarimiz bilan ham xuddi shunday. To‘g‘ri, bu vaqtinchalik budjet daromadlarida yo‘qotishlarga olib keladi (qisman energiya tashuvchilar narxi oshishi bilan qoplanadi), ammo mamlakat rivojlanishini aslo to‘xtata olmaydi.
Dunyoning qolgan qismini Rossiya blokadasiga qo‘shilishga ishontirish hech qanday natija bermadi. Bunga hamma bir yarim oy ichida ishonch hosil qilishi mumkin bo‘ldi. Qolaversa, G‘arb bu blokadani qanchalik uzoq davom ettirishga harakat qilsa, unga boshqalarni qo‘shilishga majbur qilish shuncha murakkablashib boradi.
Shu ma’noda, yaqinda BMT Bosh Assambleyasida Inson huquqlari bo‘yicha kengash tarkibidan Rossiya Federatsiyasini chiqarib tashlash bo‘yicha ovoz berish voqealari. Jarayon 7-aprel kuni bo‘lib o‘tdi, natijada mamlakatimizning kengashdagi ishi to‘xtatildi va o‘sha kuni Rossiyaning o‘zi vakolatlarini muddatidan oldin tugatganini e’lon qildi. Ammo bu yerda boshqa narsa muhim: kim va qanday ovoz bergani. Ayniqsa, bir oy oldin, 2-mart kuni o‘sha Bosh Assambleya tomonidan qabul qilingan “Ukrainaga qarshi tajovuz” aksilrossiya rezolyutsiyasi bilan taqqoslaganda. Va 2-mart va 7-aprel arafasida G‘arb uchinchi dunyo davlatlarining qo‘llarini qayirishdi (va nafaqat ularga: balki Serbiyaga ham keyinroq uning prezidenti Vuchich aytganidek, qattiq bosim o‘tkazdi).
2 martdagi birinchi rezolyutsiya oxir-oqibat 141 davlatning ovozi bilan qabul qilindi, faqat beshta mamlakat, shu jumladan, Rossiya qarshi ovoz bergan. 35 nafari betaraf, 12 nafari qatnashmadi. Ya’ni jami 51 davlat mustaqilligini namoyon etdi va G‘arb bosimiga dosh bera oldi. Albatta, ular orasida Xitoy va Hindiston kabi asosiy davlatlar bor, ammo baribir aniq ko‘rinib turgan ozchilik. Garchi, Rossiyani qoralash uchun ovoz bergan 141 davlatning hammasi ham bizga qarshi sanksiyalarga qo‘shilishga tayyor emasligini tushunish kerak bo‘lsa-da, rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlashga majbur bo‘lgan Serbiyani aytmasa ham, Turkiya, Meksika, Braziliya va Argentinani aytib o‘tishning o‘zi kifoya. Ammo, shunga qaramay, umumiy raqamlar aniq bizning foydamizga emas edi.
7 aprel kuni sodir bo‘lganlari: 93 ta davlat Inson huquqlarini bo‘yicha kengashdagi ishtirokimizni to‘xtatib turishni yoqlab ovoz berdi, 24 tasi qarshi, 58 tasi esa betaraf (yoki qatnashmadi). Ya’ni, taqsimlanish o‘zgarib bormoqda, qolaversa mitti yoki ahamiyatsiz davlatlar hisobiga emas. Rossiya bilan birgalikda nafaqat sobiq Sovet Ittifoqining ayrim respublikalari, balki, Eron, Jazoir, Efiopiya, Vyetnam, Boliviya, Kongo ham ovoz berdi. Xitoy ham, bu safar befarq o‘tib ketolmadi. Betaraf qolganlar (bu vaziyatda ular G‘arbni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgandek tushuniladi) tarkibi yanada qiziqroq - bular Lotin Amerikasining asosiy davlatlari (Braziliya va Meksika), Hindiston va, eng muhimi, deyarli butun islom dunyosi (Misr, Saudiya Arabistoni, Pokiston, Indoneziya, Malayziya, Qatar va boshqalar). Boshqacha qilib aytganda, rasmiy muvozanat bizning foydamizga bo‘lmasa-da: 93 qarshi 82 (shu jumladan betaraf). Lekin mamlakatlarning mavqesiga e’tibor berilsa, G‘arbiy blok tarafida, Afrika va Lotin Amerikasining asosan, kichik davlatlari va deyarli butun Okeaniya borligi ayon bo‘ladi. Va Osiyo mamlakatlari unda deyarli yo‘q va Rossiyaga qarshi ovoz bergan Turkiya hech qanday blokadada qatnashmoqchi emas.
Ya’ni, dunyo bizning ko‘z o‘ngimizda o‘zgarmoqda, anglo-sakslar esa Rossiyani izolyatsiya qilish imkoniyati borligiga ishonishda davom etmoqda. Va qabul qilingan sanksiyalar (ayniqsa, aktivlarimiz muzlatilishi) G‘arbning o‘ziga jiddiy va tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazganiga qaramay, nihoyat, jamg‘arish va hisob-kitob vositasi sifatida G‘arb valyutalariga bo‘lgan ishonchni susaytirdi. To‘g‘ri, ulardan xalos bo‘lish jarayoni tezda bo‘lmaydi, lekin endi bu G‘arbga tegishli bo‘lmagan barcha kuchlar va mintaqaviy birlashmalar uchun mutlaqo majburiydir.
Darvoqe, Rossiyani yakkalashga harakatlar bo‘lgan, ya’ni bu bir asrdan ko‘proq vaqt oldin, 1919-yil oktabr oyida edi. O‘shanda hokimiyati G‘arbning hech bir davlati tomonidan tan olinmagan (va AQSh orbitasida bo‘lgan Lotin Amerikasi va Xitoy va Yaponiyadan tashqari G‘arbiy bo‘lmaganlar deyarli yo‘q edi) Antanta Sovet Rossiyasining to‘liq blokadasini kiritdi. O‘sha blokada umumiy hisoblangan, qolaversa, Rossiyadagi vaziyat juda og‘irlashgan, chunki fuqarolar urushi bo‘lganligi sababli bolsheviklar mamlakatning ko‘p qismini nazorat qilolmay qolgandi. Xo‘sh, u ishladimi? Yo‘q, bolsheviklar o‘shanda poytaxtlarga tahdid solayotgan Yudenich va Denikin qo‘shinlarini mag‘lub etdi. Yevropa xalqi Rossiyadan yetkazib berish to‘xtatilishi va eksportning qisqarishi, ishsizlik sabab narxlar ko‘tarilishidan norozi edi. To‘g‘ri, Germaniya blokadaga qo‘shilmadi. Shunday qilib, uch oydan keyin Antanta blokadasi ishlamaydigan deb tan olindi va bir yil o‘tgach, Angliya bilan savdo shartnomasi tuzildi. Va bir necha yil o‘tgach, G‘arb bilan savdo allaqachon avj olgan, shundan keyingina u bizga o‘z shartlarini qo‘yishi mumkin edi.
Rossiya o‘shanda bardosh bergan, endi bunisida undan ham ko‘proq turadi. Chunki mamlakatning pozitsiyasi ham, dunyodagi vaziyat ham yuz yil avvalgisidan tubdan farq qiladi. Va shunchaki bardosh berib qolmaydi ham: G‘arb Rossiyani “bo‘g‘ish” harakatlarini qancha davom etsa, uning dunyodagi o‘z pozitsiyalariga shunchalik ko‘p zarar yetkazadi. Shu bilan birga, G‘arb uzoq vaqt o‘ynay olmaydi - ya’ni blokadani (faqat g‘arbiy tomondan hatto qisqartirilgan bo‘lsa ham,) bir necha yil davomida geosiyosiy jihatdan ham, iqtisodiy tomondan ham ushlab turolmaydi. Tez o‘zgaruvchan (va uning foydasiga bo‘lmagan) global moslashuvlar bilan birgalikda ichki muammolar atlantikachilarga vaqt qoldirmaydi.
Agar o‘quvchi o‘z atrofidagi dunyoni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilishni istamasa, “Rossiyani bo‘g‘ish” oldingi urinishlarning tarixiy tajribasi ham ularga hech narsani o‘rgatmaydi. Ha qolaversa, rusofobiya oxir-oqibat o‘ldiradi - iqtisodiy jihatdan ham.