Mirziyoyev va Orban hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi

O‘zbekiston yetakchisi va Vengriya Hukumati rahbari ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligi bilan bir-birini tabrikladilar.
Sputnik
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbut xizmati xabar bermoqda.
Suhbat avvalida O‘zbekiston yetakchisi Vengriya Hukumati rahbarini “FIDES” – Xristian-demokratik xalq partiyasi koalitsiyasi ushbu mamlakat parlamentiga saylovda g‘alaba qozongani bilan samimiy tabrikladi.
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligi bilan bir-birini tabrikladilar.
“Strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari, Vengriya bosh vazirining o‘tgan yili mart oyidagi O‘zbekistonga tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi batafsil muhokama qilindi”, - deyilgan xabarda.
Yetakchilar farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, bank-moliya sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratishdi.
Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti va Vengriya bosh vaziriga tabrik yo‘lladi
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.