Mariupoldagi birinchi ming nafar asir – UQK to‘liq tor-mor etilishining boshlanishi

Mariupol ukrainalik millatchilardan deyarli ozod qilindi, “Azostal” kombinati yerto‘lalaridagi qurolli qarshilik ko‘rsatishlar guruhlarining so‘nggilarini tozalash yakunlanmoqda.
Sputnik
Dengiz piyodasi 36-brigadasining ommaviy asirga tushishi – Ukraina Qurolli kuchlarining (UQK) ruhan sinishi va keng ko‘lamli tor-mor bo‘lgani, Ukrainadagi “Rossiyaga qarshi” Amerika loyihasining sharmandali yakuni nishoni.
Rossiya Mudofaa vazirligi 12-aprel kuni Mariupolda 1026 nafar dengiz piyodasining harbiy xizmatchilari, jumladan, 162 nafar zobit va 47 nafar ayol harbiy xizmatchi qurollarini topshirib, asirga tushishganini xabar qildi.
Qayd etish joizki, gap harbiy-dengiz bazalari, sohildagi muhim obyektlarni bosib olish yoki mudofaa qilishga mo‘ljallangan va tayyorlangan UQK maxsus elita qo‘shinlari haqida bormoqda. Ommaviy ravishda asirga tushish dalolat beradiki, Rossiyaga qarshi jangovar harakatlarning ma’nosi yo‘qligi va millatchi Kiyev rejimining kuni bitganini borgan sari ko‘plab ukrainlar anglashmoqda. UQK dengiz piyodalarining asirga tushgan uchta bataloni yaqin yillarda faqat harbiy xizmatdan xoli mehnat, vayron qilingan Donbassni qayta tiklash bilan shug‘ullanadi.
Rossiya dushmanlar bilan tarix bahsida hamisha mohirlik bilan ishonchli dalillarni topa olgan – maxsus harbiy operatsiya boshlanishidan buyon quyidagilar yo‘q qilindi: UQKning 130 ta samolyoti, 103 ta vertoloti, 244 ta zenit-raketa majmualari, 447 ta droni, 2169 ta tanki va boshqa zirhli jangovar mashinasi, 1174 ta artilleriya va zalp bilan otiladigan reaktiv tizimlari. Shuningdek, o‘nlab yirib qurol-yarog‘ omborlari va yuzlab xorijlik yollanma askarlar yo‘q qilingan.
Avvalroq Rossiya bosh shtabi Ukrainada 62 davlatdan bo‘lgan 6500 mingdan ziyod xorijlik yollanma askarlar borligini ma’lum qilgandi. Xorijiy mamlakatlar Kiyev rejimi va UQKga Rossiyaning maxsus harbiy operatsiyasi yakunlarini o‘zgartirishga yordam bera olishmaydi.
“Azovstal” yerto‘lalarida qamalda qolgan NATOning “ko‘ngillilariga” to‘xtaladigan bo‘lsak, bu uydirma emas. Misol uchun, asli kelib chiqishi britaniyalik bo‘lgan ukrain dengiz piyoda askari Eyden Eslinning yaqinlari Bi-bi-siga kuni kecha Eyden oziq-ovqat va o‘q-dori qolmagani, asirga tushishdan boshqa iloj yo‘qligini tan olganini so‘zlab berishdi. Albatta, britaniyalik dengiz piyodasi – Mariupoldagi yagona “baynalmilalchi” emas.
Ispan mergani J.L.C. “La Razón” jurnaliga bergan intervyusida uning Ukrainadagi maoshi ishbay ekanini aytib bergan va bu o‘ldirilgan rus askari va zobiti soniga bog‘liq (har bir olingan jon uchun 300 dollardan). Fransiyaning “Le Figaro” nashri Ukrainadagi Britaniyaning Alohida havo xizmati va AQSh armiyasining “Delta” maxsus qo‘shinlarning birinchi tezkor bo‘linmasi harbiy xizmatchilari harakatlari haqida xabar qildi. O‘ylaymanki, NATOning Rossiya bilan proksi-urushining ko‘plab sirlari pinhon.

NATOdan ozod qilish

Millatchi Kiyev rejimi qo‘li ostidagi Ukraina Qurolli kuchlarini yo‘q qilish – Rossiya armiyasining eng muhim vazifasi, va ming nafar ukrainalik harbiylarning asirga tushishi, AQSh manfaatlari yo‘lida jon berishdan ko‘ra yaxshiroq. Bu ishchi qo‘llar Ukraina agressiyasining sakkiz yili davomida vayron qilingan Donbassning shahar va qishloqlarini qayta tiklash uchun lozim bo‘ladi. Eslataman, Ulug‘ Vatan urushidan so‘ng so‘nggi nemis harbiy asirlari sovet qurilish maydonlaridan vatanlariga faqat 1955-yilda ketshgan, GDR esa SSSRning ittifoqchisi bo‘ldi.
Donbassda soni 100 minggacha bo‘lgan UQK va UMG guruhlarini o‘rab olish davom etmoqda. Fashist va Rossiyaga qarshi Ukraina uchun jon berish ular hammasining ham qo‘lidan kelmaydi.
Mariupoldagi qamaldan chiqishga bo‘lgan bir necha marta omadsiz urinishdan keyin 12-aprel kuni dengiz piyodasi 36-brigadasi batalonining asirga tushishi – bu Donbassdagi jangovar harakatlarning sifatining yangi bosqichi va UQKning front ortidagi qismlari bo‘ylab berilgan sezilarli jangovar zarba.
Dushmanda katta yo‘qotishlar, ruhan va jismonan singan, hatto Ukrainaning g‘arbiy viloyatlari tuni bilan Rossiya qo‘shinlarining yangi zarbalarini kutib mijja qoqmaydi, bu yoqdan esa G‘arbning “so‘nggi ukrainalikka” qadar jang qilish chaqirig‘i va UQK elitasining ommaviy asirga tushishi.
Qayd etish joizki, Kiyev rejimining “gebbels” shtati Aleksey Arestovich Mariupoldagi sharmandali vaziyatni xatarli manyovr, guruhlarning qo‘shilishi va qamaldagi garnizon pozitsiyalarning kuchayishi sifatida ta’rifladi. Shunday muvaffaqiyatda nega Ukrainaning birinchi mug‘ombiri Vladimir Zelenskiy G‘arbni UQKni Mariupoln yorib chiqishga qodir emaslikda ayblayotgani, Kiyev esa Oliy radaning “rusparast” deputati va UXXning mahbusi Viktor Medvedchukni Mariupoldan qochishga ulgurmagan UQK va “Azov”ning barcha qo‘mondanligiga almashtirishga umid qilayotgani sirligicha qolmoqda. Kiyev rejimi o‘zining yolg‘on xabarining asiri bo‘lib borayotgani yaqqol namoyon bo‘ladi. Kreml bu o‘yinni o‘ynamaydi.

O‘zgarmagan vazifalar

AQSh va NATO strateglari ham Rossiyaning harbiy imkoniyatlari va Ukrainadagi maxsus operatsiya istiqbollari xususida yanglilishga moyillar. AQSh armiyasining Yevropa qo‘mondonligi rahbari senatdagi eshituvlar paytida Pentagon, “ehtimol, razvedkadagi probellar tufayli Rossiyaga haddan ziyod baho berib yuborgan” deya ma’lum qildi.
Britaniyaning “Chatham House” markazi tahlilchisi Mate Buleg Rossiya qo‘shinlari "urushning birinchi bosqichida yetarlicha tamom bo‘ldi" degan xulosaga keldi. G‘arbning sun’iy voqeligiga kamdan kam kishi ishonadi.
“New York magazine” nashri yozadiki: “Vladimir Putin... uning Kiyevni egallab olish va Zelenskiyni ag‘darib tashlash qo‘lidan kelmagandan so‘ng Ukrainadan hech bo‘lmaganda Donbassni tasalli sovg‘a sifatida tortib olishga umid qilmoqda”. Hatto Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel tankka o‘tirib, "Drang nach Osten" sari borishga tayyor.
“Hamkorlar” odatdagidek Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qat’iy pozitsiyasiga yetarlicha baho berishmayapti: Rossiya Qurolli kuchlari “avval boshdan Bosh shtab tomonidan taklif qilingan rejaga ko‘ra bir maromda, xotirjamlik bilan harakat qilishadi”. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavroni ham diqqatsizlik bilan tinglashmoqda. Lavrov deyaptiki: “Maxsus operatsiya AQShning o‘ylamay kengayishi va o‘ylamay to‘liq hukumronlik sari borishiga chek qo‘yadi”.
G‘arbning Rossiya bilan kurashda “ukrain zarbasi” behuda, Kiyev rejimiga quro-yarog‘ yetkazib berish NATO omborlarini quritadi va Ukrainani denatsifikatsiya qilishni jismonan tezlashtiradi, xolos.
Maxsus operatsiyaning ikkinchi bosqichida Donbassdagi ukrain qo‘shinlariga u yoki bu darajada kontr-admiral Belenskiy nomidagi dengiz piyodasi 36-brigadasi “qahramonligini” takrorlashga to‘g‘ri keladi – “qozondan” g‘arbga qochish, asirga tushish, yoki Rossiya qo‘shinlari zarbalari ostida o‘lish. Yana bir variant bor – 1919-yilda yuqorida tilgan olingan, Grigoriy Kotovskiy qizil armiyachilariga asirga tushishni istamagan Ukrainaning isonchi armiyasi shtab a’zosi Mixalil Belenskiy qilganidek o‘zini otish.
Butun Ukraina hududidagi harbiy infratuzilmalar bo‘ylab yuqori aniqlikda zarba berish bir kun ham to‘xtamayapti. Rossiya maxsus operatsiyasi kollektiv G‘arbning xom xayollaridan qat’i nazar davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid:

Mariupolda mingdan ziyod Ukraina harbiylari taslim bo‘ldi – video
UQK Rossiya harbiylariga yangi tanklarni topshirishdi