TOShKENT, apr – Sputnik. Gaz va elektr energiyasi uchun to‘lovlarni endi Energetika vazirligining yangi rasmiy mobil ilovasi orqali amalga oshirish mumkin, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Ilovadan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha qo‘llanma:
1.
Android foydalanuvchilari ilovani "Google play" orqali yuklab olishlari mumkin, iOS dasturida ilovani yuklab olish imkoniyati keyinroq paydo bo‘ladi. 2.
Dastur telefonga o‘rnatilganidan so‘ng foydalanish tilini tanlash mumkin: o‘zbekcha, ruscha yoki inglizcha;3.
“Elektroenergiya” yoki “Gaz”- bandini bosib to‘lov xizmatini tanlash.4.
“Elektroenergiya uchun to‘lov” yoki “Gaz uchun to‘lov”-bo‘limi tanlanadi (har biri yashil rangda belgilangan);5.
Ma’lumotlarni kiritish: viloyat, tuman va shaxsiy hisob raqami6.
6. Ekranda hisobning ayni paytdagi balans miqdori ko‘rsatiladi. (bu ham yashil rangda ko‘rsatilgan);7.
“Hisoblagichning aniq ma’lumotlarini bilasizmi” savoliga “Yo‘q” yoki “Ha” javobini belgilash;8.
Kerakli summa (500 so‘mdan 5 mln. so‘mgacha), karta raqami va muddatini kiritish;9.
Kartaga biriktirilgan telefon raqamiga kelgan 6 ta belgili vaqtinchalik to‘lovni tasdiqlash uchun kiritish kerak. 10.
EnergoWiki sizni to‘lovning muvaffiqiyatli amalga oshganini ma’lum qiladiShuningdek, ilovada hisobning hozirgi holatidan xabardor bo‘lib turish uchun shaxsiy kabinet mavjud. Dasturda kerakli ma’lumotlar uchun elektron ariza qoldirish yoki avariya haqida ma’lumot berish ham mumkin.