“Tatneft” O‘zbekistonda ishlashni davom ettiradi

Kompaniya yangi voqelikni inobatga olib, o‘zining strategik va tezkor rejalariga tuzatish kiritadi.
Sputnik
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Rossiyaning “Tatneft” kompaniyasi joriy yilda O‘zbekistonda ishlashni davom ettiradi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Nail Maganov ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Injiniring kompetensiyalarimiz, geologorazvedka, neft qazib olishdagi tajribamizga chet elda talab yuqori, va biz Turkmaniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Shimoliy Afrikadagi xorijiy loyihalarimizni davom ettiramiz”, - dedi Maganov.
U kompaniya yangi voqelikni inobatga olib, o‘zining strategik va tezkor rejalariga tuzatish kiritishi, yangi yo‘nalishlar va o‘sish nuqtalarini izlashini qo‘shimcha qildi.
"Tatneft" OAJ o‘zbekistonlik hamkorlar bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. Kompaniya respublikada yoqilg‘i quyish tarmoqlarini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirmoqda va neft qazib olish va uni qayta ishlashda ishtirok etish niyatida.
“O‘zbekneftgaz” va “Tatneft” qo‘shma korxonasi tashkil etiladi