Shukrullo Jahongirov qurilish vazirining yangi o‘rinbosari etib tayinlandi

Sobiq o‘rinbosar boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan qurilish vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Sputnik
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Shukrullo Jahongirov qurilish vazirining yangi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shuhratxo‘ja Hoshimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan qurilish vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Jahongirov bunga qadar loyiha va qurilish kompaniyalarida faoliyat yuritgan.
Avvalroq sportni rivojlantirish vaziriga ikki yangi o‘rinbosar tayinlangani xabar qilingan edi.