TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Yevropalik va amerikalik siyosatchilarning Rossiyaga qarshi yangi cheklovlari G‘arbda misli ko‘rilmagan inqiroz yuzaga kelishiga olib keldi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Arktikani rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qildi.
“Qator G‘arb mamlakatlarining normal hamkorlikdan, jumladan, Rossiya energiya resurslarining bir qismidan voz kechishi millionlab yevropaliklarga zarba berdi, haqiqiy energetika inqirozini keltirib chiqardi, inqiroz AQShga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Har yerda narxlar oshmoqda, inflyatsiya haddan ziyod ortdi, bu mamlakatlar uchun bu misli ko‘rilmagan xususiyatga ega”, - dedi Putin. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Putin Rossiya ham buning ortidan muammolarga duch kelayotganini tan oldi, biroq u uchun “muqobil imkoniyatlar, imkoniyatlarning yangi yo‘llari” ochilmoqda.
Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat neft, gaz va ko‘mirning ichki iste’molini ko‘paytirishi, xom ashyoning chuqur qayta ishlanishini rag‘batlantirishi va energiya resurslarini dunyoning boshqa hududlariga yetkazib berishni oshirishi mumkin.