TOShKENT, 13-aprel — Sputnik. Hukumatning ayrim tarkibiy bo‘linmalari tuzilmasi takomillashtirildi. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori qabul qilindi.
Qayd etilishicha, Bosh vazirning maslahatchisi- Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i lavozimi tugatildi. Uning o‘rniga departament boshlig‘i “qo‘mita raisi” lavozimiga o‘zgartirildi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi esa Sardor Umrzoqov rahbarlik qilayotgan, Investitsiyalar tizimga o‘tkazildi.
Hukumatning quyidagi tarkibiy bo‘linmlari tuzilmasiga ham o‘zgartirishlar kiritildi:
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘limi
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati
Oila va xotin-qizlar masalalari kotibiyati
IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti
Qarorda makraiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari hamda investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatlariga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ro‘yxati keltirilgan.
Yangi tashkil etilgan bo‘linmalar yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshiruvchi malakali kadrlar bilan to‘ldiriladi.