TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Yevropa Ittifoqi NATOning agressiv harbiy mashinasiga aylandi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova "Rossiya 24" telekanali efirida ma’lum qildi.
Zaxarova YeI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelning gaplari “Yevropa Ittifoqi mavjudligining muayan bosqichiga nuqta qo‘yishini” ta’kidladi.
“U YeI ishini mutlaqo boshqa sifatga ko‘chirapti. Iqtisodiy, gumanitar blokdan, siyosiy tashkilotdan bu tuzilma NATOning harbiy agressiv mashinasining bir qismi bo‘ldi”, - dedi Rossiya TIV rasmiy vakili.
9 aprel kuni Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Kiyevga tashrifi chog‘ida Yevroittifoq tarixida birinchi marta mojaro diplomatik emas, harbiy yo‘l bilan hal qilinishini istashini aytdi.
11 aprel kuni Borrel YeI Ukrainadagi vaziyatni kuch ishlatish yo‘li bilan tartibga solishga intilishi va mamlakatga harbiy yordam ko‘paytirilishini tasdiqladi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bunga o‘xshash bayonotlar g‘azablanish va g‘azabdan o‘zini yo‘qotishning namoyon bo‘lishi ekanini ma’lum qildi.