Putin va Lukashenko Amur viloyatida uchrashuv o‘tkazadi

Vladimir Putin Aleksandr Lukashenko bilan birgalikda "Vostochniy" kosmodromiga tashrif buyuradi.
Sputnik
TOShKENT, 12 apr - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Blagoveshensk shahriga yetib keldi va bu yerda u Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Ikki tomonlama uchrashuv oldidan davlat rahbarlari vertolotda "Vostochniy" kosmodromi va infratuzilma obyektlari qurilishini ko‘zdan kechirishi, so‘ng ishchilar bilan suhbatlashib, uchuvchi-kosmonavtlarni taqdirlashi kutilmoqda.
Muzokaralar chog‘ida Putin va Lukashenko G‘arb sanksiyalariga qarshi choralarni, tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma matbuot anjumani o‘tkazilishi kutilmoqda.
Tashrif davomida Rossiya prezidenti Amur viloyati gubernatori Vasiliy Orlov va Roskosmos rahbari Dmitriy Rogozin bilan ham gaplashadi.
Lukashenko matbuot xizmati xabar berishicha, Belarus rahbari allaqachon Blagoveshenskka yetib borgan. Vostochniyga tashrif buyurish va Putin bilan muzokaralar o‘tkazishdan tashqari, u Vladivostokda Primorsk o‘lkasi gubernatori Oleg Kojemako bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
Muzokaralarning asosiy mavzusi Belarusning ushbu mintaqa bilan hamkorligini rivojlantirish bo‘ladi. Lukashenkoning Russkiy oroliga ham tashrif buyurishi va Belarus ichki bozoriga baliq yetkazib berish masalasini muhokama qilishi rejalashtirilgan.