TOShKENT, 12 apr — Sputnik. 2022-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 35,4 mln kishini tashkil etmoqda. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Yil boshidan buyon doimiy aholining o‘sish sur’ati 0,5 % ga oshgan. Mamlakat aholisi yil boshidan buyon har oyda o‘rtacha 54,2 ming kishiga ko‘paygan.
2022 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 35, mln kishini tashkil etgan edi.