TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Rossiyaning “Sinara-transportnie mashini" xoldingi tarkibiga kiruvchi STM savdo uyi O‘zbekistonning “Enter Engineering” kompaniyasi bilan 5 ta TEM9 va TEM14 seriyali lokomotivlarni yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Mashinalar 2022-yil oxiriga qadar yetkazib beriladi.
“Sinara-TM” kompaniyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, teplovozlardan Samarqand viloyatidagi yangi mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish kimoviy majmuasini barpo etishda foydalaniladi.
STM savdo uyi bosh direktori Anton Zabixunning ta’kidlashicha, bu xolding tomonidan O‘zbekistonga sovet davridan buyon birinchi marta unumli texnika yetkazib berilishi. Shuningdek, u hozir kompaniyalar keyingi yetkazib berishlar, jumladan, SMTning temir yo‘l texnikalarini yetkazib berish imkoniyatlarini muhokama qilishayotganini qo‘shimcha qildi.
“O‘zbekistonning sanoat va temir yo‘l korxonalari bizda katta qiziqish uyg‘otmoqda va biz bu bozorda texnikalarimiz ulushini oshirishni rejalashtirmoqdamiz”, - dedi Anton Zubixin.
“Enter Engineering” uchun lokomotivlar iqlim xususiyatlari inobatga olingan holda tayyorlanadi. Xususan, teplovozlarning sovutish tizimi yoz mavsumida +50 daraja haroratdagi ishlar uchun moslashtiriladi. Teplovozlar Lyudinovo teplovozsozlik zavodi maydonlarida ishlab chiqariladi.
Eslatib o‘tamiz, Hukumat qarori bilan 2023-yil 1-iyulga qadar "Samarqandkimyo" AJ negizida murakkab mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishning zamonaviy, ekologik jihatdan zararsiz majmuasini ishga tushirish rejalashtirilgan.