TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) Xarkov viloyatida rossiyalik harbiylarga mutlaqo yangi tanklarni to‘liq jangovar anjomlari bilan topshirishdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, bu Izum tumanidagi Topolskoe aholi punktini ozod qilish vaqtida ro‘y bergan. Ukrainalik tankchilar to‘plarni yuqoriga ko‘tarib, taslim bo‘lishgan.
“Ularning yangi tanklari bor edi, kam masofa yurgan, ehtimol, endi foydalishga olishgan. To‘liq jangovar anjomlari bilan. O‘t ochishga to‘g‘ri kelmaganligiga hammamiz xursand bo‘ldik. Taslim bo‘lishmoqda, chunki bizni, tanklarimizni, texnikalarimizni ko‘rishapti. Va allaqachon biz bilan jang qilishni istashmayapti”, - dedi tank rotasi komandiri Timur.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba bermoqda. 25-martga kelib ular birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarishdi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi endi asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish ekanini ta’kidlagan.