Sputnik Meedia rahbari Cherishevaga Estoniyani tark etish taqiqlandi

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, uning texnikasi, telefonlari va naqd pullarini musodara qilishgan.
Sputnik
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Sud Sputnik Meedia axborot portali bosh muharriri Yelena Cherishevaga Estoniyani tark etishni taqiqladi. Bu haqda jurnalistning o‘zi RIA Novostiga ma’lum qildi.
“16 soatlik tintuvdan so‘ng mahbuslar uyiga (tergov izolyatori – tahr.) olib ketishdi. Keyin so‘roqqa olib borishdi, so‘ngra sud bo‘ldi, prokuror ikki oyga hibsga olishni talab qildi. Ertasi kuni sudya qaror chiqardi – mamlakatdan chiqishga taqiq, uyni uch sutkadan ziyod vaqtga tark etish taqiqlangan”, - dedi Cherisheva.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, uning texnikasi, telefonlari va naqd pullarini musodara qilishgan.
Yelena Cherisheva 6-aprel kuni Estoniya maxsus xizmatlari tomonidan qo‘lga olingan edi. Jurnalist tinchlikka qarshi jinoyat sodir etganlikda, shuningdek, xalqaro sanksiyalarni buzganlikda gumon qilingan.
Rossiya TIV maxsus vakili Mariya Zaxarova aytishiga ko‘ra, Estoniya hukumati vakillari qo‘rqitish taktikasidan “davlat terrori”ga o‘tgan. Yelena Cherisheva bir necha yillardan beri Estoniya hukumati tomonidan qattiq bosim ostida.
Eslatib o‘tamiz, mart oyining boshida Estoniyaning Sputnik Meedia nashri mahalliy bank va rasmiylarining bosimi va cheklovlari, shuningdek, xodimlariga tahdidlar tufayli o‘tkazilishiga duch kelgan va o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan edi.
Sputnik Meedia nashri Sputnik Estoniyaning sobiq xodimlari tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, to‘rt yillik faoliyatidan so‘ng, 2020-yilda mahalliy hukumat va politsiya tahdidlari tufayli yopilgan edi.