Qozog‘iston 15-apreldan bug‘doy va un eksportini cheklaydi

Kvotalar 15-apreldan 15-iyungacha amal qiladi. Bug‘doy uchun kvota hajmi 1 mln tonna, un uchun 300 ming tonnani tashkil etadi.
Sputnik
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Qozog‘iston 15-apreldan 15-iyungacha bug‘doy va un eksporti uchun chegaralangan miqdorda kvotalar joriy etadi. Bu haqda Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Aydarbek Saparov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, cheklov ichki bozorda tanqislik yuzaga kelishi va un tegirmonlari yuklanishining oldini olish maqsadida joriy qilingan.
Bug‘doy uchun kvota hajmi 1 mln tonna, un uchun 300 ming tonnani tashkil etadi
Avvalroq respublika qishloq xo‘jaligi vaziri Yerbol Karashukeyev Qozog‘iston ichki bozorni himoya qilish uchun bug‘doy va un eksportiga vaqtinchalik cheklovlar kiritish ustida ish olib borayotganini ma’lum qilgan edi, biroq aniq sana va muddatlar haqida ma’lumot bermagan edi.
O‘zbekiston aprel-iyul oylarida Qozog‘istondan 100 ming tonna bug‘doyni (bir qismi un) maqbul narxlarda import qilishni rejalashtirgan.