O‘zbekistonda dollar kursi pastlashda davom etmoqda

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket besh kundan buyon pastlamoqda.
Sputnik
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 12-aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Dollarning rasmiy kursi 15,31 so‘mga pastlab, 11 329,38 so‘mni tashkil qildi. Yevro 45,67 so‘mga ko‘tarilib, 12 377,35 so‘m bo‘ldi. Rubl 4,98 so‘mga arzonlab, 142,96 so‘mga teng bo‘lgan.
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket besh kundan buyon pastlamoqda. O‘tgan hafta oxirida dollarning rasmiy kursi 17,82 so‘mga pastlab, 11 344,69 so‘mni tashkil qilgan edi.