TOShKENT, 11 apr — Sputnik. “Gulf News” nashri Birlashgan Arab Amirliklarining aholisi uchun 13 ta davlat qatori O‘zbekistonni ham dam olishga tashrif buyuradigan shaharlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.
Gazetaning yozishicha, Birlashgan Arab Amirliklari aholisi dunyoning 14 ta turli burchaklarida dam olishni afzal ko‘radi.
“Ortiqcha pul to‘lamaslik uchun O‘zbekistonga chiptalarni oldindan bron qilish tavsiya etiladi. Kuchli talab tufayli kelgusi haftalarda tariflar oshishi kutilmoqda”, - deyiladi xabarda.
14 davlatdan iborat ushbu ro‘yxatga O‘zbekiston bilan birga Armaniston, Gruziya, Keniya, Singapur, Serbiya, Tailand, Maldiv orollari, Xorvatiya, Nepal, Gretsiya, Ozarbayjon, London va Turkiya ham kiradi.
Avvalroq Avstraliyaning “Lonely Planet” nashriO‘zbekistonni may oyida kam xarajat evaziga “sarguzashtli sayohat” turkumi doirasida tashrif buyurishga arziydigan davlatlar ro‘yxatiga kiritgan edi.
Ma’lumot uchun, “Gulf News” – Birlashgan Arab Amirliklarining ingliz tilidagi kundalik gazetasibo‘lib, u 1978-yilda ishga tushirilgan va hozirda BAA va boshqa Fors ko‘rfazi mamlakatlarida tarqatiladi. Uning onlayn nashri 1996-yilda yo‘lga qo‘yilgan.