Hafta oxiriga kelib havo yana isib ketadi

Bugun respublika hududining katta qismida havo bulutli bo‘ladi va ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.
Sputnik
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Hafta oxiriga kelib, harorat +30...+35 daraja atrofida bo‘ladi. "O‘zgidromet" 11-15 aprel kunlari kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Bugun respublika hududining katta qismida havo bulutli, quruq va iliq bo‘lishi kutiloqda, faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublika bo‘yicha shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to‘zon bilan kuzatiladi, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida shamol tezligi 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kunning o‘rtasiga kelib, +24...+29 darajani tashkil etadi.
Toshkent viloyatida kechasi va ertaga ertalab, tog‘oldi va tog‘li hududlarda kunning birinchi yarmida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Mamlakatimizning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +14...+19 darajani, kunduzi +24...+29 darajani tashkil etadi.
13-15 aprelda O‘zbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan issiq havo kirib kelishi boshlanadi. Ushbu davrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Hafta oxiriga kelib, harorat meyoriy qiymatlardan +6...+8 darajaga yuqori bo‘ladi va kechalari +14...+19 daraja, kunduz kunlari +30...+35 daraja atrofida bo‘ladi.