Toshkentda “Mercedes-Benz” yonib ketdi

“Mercedes-Benz GL 500” avtomobilining dvigatel qismida elektr simlarida qisqa tutashuv sababli yong‘in yuzaga kelgan.
Sputnik
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida “Mercedes-Benz” avtomashinasida yong‘in yuzaga keldi. IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bosh boshqarmasi (YHXBB) yong‘in sababini ma’lum qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa10 aprel kuni soat 13:40 larda Mustaqillik shohko‘chasi "Pushkin" metro bekati qarshisida sodir bo‘lgan. Haydovchi O.O.boshqaruvida bo‘lgan “Mercedes-Benz GL 500” avtomobilning dvigatel qismida elektr simlarida qisqa tutashuv sababli yong‘in yuzaga kelgan.
O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan va yong‘in bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Yong‘inda avtomobilning motor va salon qismi yonib zararlangan.
Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.