O‘zbekiston va Qirg‘iziston kovid sertifikatlarni o‘zaro tan oldi

26 martdan O‘zbekiston va Qirg‘iziston COVID-19’ga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni o‘zaro tan olishni boshladi.
Sputnik
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston COVID-19’ga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni o‘zaro tan oladi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati xabar qildi.
Ikki mamlakat hukumatlari davlatlarning qonunchiligiga muvofiq, vakolatli organlar bergan kovidga qarshi emlanganlikni tasdiqlovchi rasmiy sertifikatlarni o‘zaro tan olishga kelishib olgan.
Kelishuv joriy yilning 26-martidan kuchga kirgan.
Avvalroq Tojikiston,Turkiya va Qozog‘iston O‘zbekistonda berilgan koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni rasman tan olgani xabar qilingan edi.