O‘rta Chirchiq tumani hokimi o‘zgardi

Tuman hokimi lavozimida faoliyat olib borgan Olimjon Nurmatov sog‘ligi yomonlashgani tufayli vazifasidan ozod etildi.
Sputnik
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Ixtiyor Qosimov Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumaniga yangi hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimida faoliyat olib borgan Olimjon Nurmatov sog‘ligi yomonlashgani tufayli vazifasidan ozod etildi.
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Ixtiyor Qosimov tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Qosimov 1986-yilda Yangiyo‘l tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat Iqtisodiyot Universiteti hamda Prezident boshqaruv Akademiyalarini tamomlagan.