Hafta qanday ob-havo bilan boshlanadi

Ba’zi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Kunduzi o‘rtacha +20...+30 daraja bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. "O‘zgidromet" 11-aprel kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+17 daraja, kunduzi +26...+28 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +14...+19 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, Jizzax viloyatida ba’zi joylarda chang to‘zonlar bilan 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +24...+29 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda chang to‘zonlar bilan 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +28..+33 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +27...+32 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.