Bu qiziq

Turkiyalik kardiolog yurak uchun eng foydali mahsulotni aytdi

Ushbu o‘simlik shakar miqdori va qon bosimini meyorlashtirishga ko‘mak beradi, shuningdek, Alsgeymer kasalligidan ham himoya qiladi.
Sputnik
Turkiyalik kardiolog Janan Karatay rovoch o‘simligini dunyodagi eng foydali mahsulot deya atagan. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, rovoch shakar miqdori va qon bosimini meyorlashtirishga ko‘maklashadi hamda Alsgeymer kasalligidan himoya qiladi. RIA Novosti xabariga asosan.
Reven - polza i vred
Rovoch ko‘kati jigar, qalqonsimon bez va miyaga ham ijobiy ta’sir qiladi.
“Rovochni tuxum bilan pishiring, shunda dunyodagi eng sog‘lom va foydali taomga ega bo‘lasiz. Bundan tashqari, o‘simlik antioksidant, vitaminlarga boy. Jumladan S vitaminiga ham”, - deydi shifokor.
Rovochda A vitaminlari, V, S, E v K guruhi vitaminlari ko‘p bo‘lib u oshqozon-ichak trakti faoliyatini yaxshilaydi va terini qayta tiklaydi