Navoiy viloyatida ikkita yangi oltin koni ishga tushdi

Ushbu konlar ishga tushishi natijasida yiliga 3 million tonnadan oltinga boy ma’dan qazib olinadi va 653 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Sputnik
TOShKENT, 9 apr - Sputnik. Navoiy viloyati Tomdi tumanida 7-aprel kuni ikkita yangi oltin koni ishga tushdi, deb xabar qilmoqda“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ.
"Tomdi tumani hududida "Muruntov" koni tarkibida "Balpantog‘" va "Tomdibuloq" konlarining ochilish marosimi va bu yerda birinchi portlatish ishlari amalga oshirildi. <...> Konlar 40 million tonnadan ortiq ma’dan zaxirasiga ega eka", - deyilgan xabarda.
Novie mestorojdeniya zolota zapustili v Navoiyskoy oblasti
Xabarda aytilishiga ko‘ra, "Balpantog‘" va "Tomdibuloq" konlaridan 15-yil mobaynida yiliga 3 million tonnadan oltinga boy ma’dan qazib olinadi. Bu ishlarni bajarish uchun konga 7 ta gidravlik ekskavator, 5 ta burg‘ilash qurilmasi, 23 ta avtoavg‘dargich, 2 ta teplovoz va boshqa ko‘plab kon texnikalarini xarid qilish ko‘zda tutilgan.
Ushbu maqsadda bu yerda konchilik korxonasi barpo etiladi. Yangi konlarning oltin tarkibli ma’dan zaxiralari kombinatning 2-gidrometallurgiya zavodiga 33 kilometrlik temir yo‘llari orqali tashiladi.
Ushbu konlar ishga tushishi natijasida 653 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.